Andijonda yosh ayol bedarak yo`qoldi. Ayolning onasi qizining videomurojjat bilan chiqib, uyga tezroq qaytishini so`radi.
“Qizim Muhayyoxon, jon bolam, qayt. Bollaringni bag`ringga ol, jon bolam. Seni juda sog`indik”, — deya murojaat qilgan onasi.
“Sizlardan iltimos, qizim uydan chiqib ketib yo`qoldi. Izlamagan joyimiz qolmadi. Iltimos, ko`rgan-bilganlar yordam beringlar“, - deya fuqarolardan ko`mak so`ramoqda ona.
Andijon viloyati IIB ham bedarak yo`qolib, qidirilayotgan Inobidinova Muxayyoxon Erkinboy qizining topilishida uning yaqinlariga ko`mak berishni so`radi.
Ushbu bedarak yo`qolgan shaxs to`g`risida biror ma`lumotga ega bo`lganlardan zudlik bilan “102” ishonch raqamiga yoki Izboskan tumani IIBning 74-312-40-12, 74-312-26-92, 93-254-70-90 telefon raqamlariga xabar berishingiz so`raladi!






