1

Inspektorlarga hujum qilgan brakonerlarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 04.05.2024, 14:53
Inspektorlarga hujum qilgan brakonerlarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Toshkent viloyatida ekologlarga qayiq eshkaklari bilan hujum qilgan brakonerlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi oqimi bo`ylab ekologik nazorat tadbirlari o`tkazilgan. 

Tekshirish davomida daryoning Oqqo`rg`on tumani, "Eltamg`ali" MFY, Ko`rik qishlog`idan oqib o`tuvchi qismida 2 nafar fuqaro tomonidan  motorli qayiq va to`r yordamida "O`zbekiston Respublikasida ov qilish Qoidalari"ga zid ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlangan.

Brakonerlardan ov qilishni to`xtatish so`ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo`rg`on tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1