1

Toshkentda “Tesla“ va “Lacetti“ ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 06.05.2024, 09:41
Toshkentda “Tesla“ va “Lacetti“ ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Kecha, 5 may kuni soat 07.50 larda Chilonzor tumani Furqat ko`chasi Magic city qarshisida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, haydovchilar, 1989 yilda tug`ilgan O.T.  boshqaruvida bo`lgan Tesla rusumli avtomashinasi va 1996 yilda tug`ilgan X.A. boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo`q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1