Ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga kirish uchun til bilish sertifikati bo`lish talabi bekor qilinishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bunga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda magistraturaga kirish uchun xorijiy til bilish sertifikatiga oid talabni bekor qilish bo`yicha hech qanday reja yo`q. Va katta ehtimol bilan ushbu talab bekor bo`lmaydi, sertifikat so`rash davom etaveradi