1

Koreyada avtomobilsozlik yo`nalishi bo`yicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor

Jamiyat 06.05.2024, 21:21
Koreyada avtomobilsozlik yo`nalishi bo`yicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor

Koreyada avtomobilsozlik yo`nalishi bo`yicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor. Bu haqda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kwak Yong Chol o`rtasidagi uchrashuvda ma`lum qilindi.

O`zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o`rtasidagi do`stlik aloqalarini e`tirof etib, mehnat munosabatlari bo`yicha yo`lga qo`yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud bo`lib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu bo`yicha O`zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini ma`lum qildi. 

Samimiy va do`stona ruhda o`tgan uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish yo`nalishida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1