1

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegasiyasi Xitoyda bo`ldi

Jamiyat 09.05.2024, 10:31
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegasiyasi Xitoyda bo`ldi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegasiyasi vakillari Xitoy nogironlar federasiyasi vakillari bilan navbatdagi samarali uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuv ko`plab g`oyalarni amalga oshirish istiqbollari va keyingi hamkorlik uchun yangi yo`nalishlarni belgilab berdi.

Federasiya raisi bilan muloqot chog`ida tomonlar nogironligi bo`lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini qo`llab-quvvatlashning muhimligini ta`kidlab o`tdilar. Mavjud muhitni yaratish va hayotning barcha jabhalarida inklyuziv yondashuvlarni ilgari surish ushbu shaxslarning jamiyatda to`liq ishtirok etishini ta`minlash va ularning imkoniyatlarini ochib berishga yordam berishi ta`kidlandi.

Federasiyaning ushbu sohadagi faoliyati ilhomlantiruvchi misol bo`lib xizmat qiladi. Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun reabilitasiya, ish bilan ta`minlash va ta`lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha tashabbuslar muhokama qilindi.

Ucharshuv yakunida xitoylik hamkasblarning tajribasi o`rganish va amalga oshirish uchun muhim manba ekanligi ta`kidlanib, ushbu sohada bilim va amaliy tajriba almashishni davom ettirish hamkorlikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1