Fuqaro xonadoniga kirib qolgan echkiemar tabiatga qo`yib yuborildi, deya xabar qilmoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashovchi Isroilovlar oilasidan murojaat kelib tushgan.
Murojaat borib o`rganilganida fuqaro Sirojiddin Isroilovning uyiga bir bosh dala echkiemari kirib qolganligi va unga hech qanday jarohat etkazilmaganligi ma`lum bo`ldi.
Echkiemar salomatligi yaxshi bo`lganligi sababli aholi yashash joyidan uzoq, echkiemarlar yashashi uchun mos keladigan hududga qo`yib yuborildi.
“Xonadoningizga Qizil kitobga kiritilgan, noyob, yirtqich jonivorlar kirib qolsa yoki shu holatga guvoh bo`lsangiz, Ekologiya vazirligi yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qiling!” - deyiladi xabarda.