1

Respublikada harorat 19 darajagacha pasayadi

Jamiyat 10.05.2024, 08:06
Respublikada harorat 19 darajagacha pasayadi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan  yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 19-24° bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1