1

Uzbekistan Airports fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat 10.05.2024, 09:14
Uzbekistan Airports fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Havo kemalarining uchishi va qo`nishi vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yo`naltirish holatlari ko`payib bormoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qilmoqda.

Shu munosabat bilan fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1161-moddasida javobgarlik nazarda tutilganligi eslatib o`tilmoqda.

Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo`naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`lishi belgilab berilgan.

“Yo`lovchilar va havo kemasi ekipaji a`zolarining hayoti va sog`lig`iga zarar etkazishi va xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini ta`minlash talablariga rioya etishlarini so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1