1

Bizning surishtiruv: “aqlli bekat”larning aqlsiz “amali” (video)

Jamiyat 10.05.2024, 15:57
Teglar: “aqlli bekat”larning aqlsiz “amali, surishtiruv
Bizning surishtiruv: “aqlli bekat”larning aqlsiz “amali” (video)

Farg`ona shahrida aqlli bekatlar quriladi, yo`lovchilar uchun katta imkoniyatlar yaratiladi, avtobus kutish jarayonida, vayfaydan foydalanib mamlakatimizdagi yangiliklardan xabardor bo`lishadi, xullas odamlar uchun hammasi yaxshi bo`ladi deyildi. Farg`ona shahrining markazidagi ayrim manzillarda qurildi ham. Bu bekatlarni haridori ko`paygani ham ayni haqiqat. Ishbilarbmon yoshlarga bu bekatlar berilsin, tengdoshlarini ish bilan ta`sinlansin deyilgani ham rost. Ammo bu bekatlarga yoshi kattalar egador bo`lishni istaditalar.  Farg`ona shahar hokimilgi va obodonlashtirish balansiga o`tkazildi bu erlar. Maqsad doimiy nazorat qilish uchun.

Farg`ona shahridagi arxitektura, kadastr singari tashkilotlardan xulosa xatlarini ham qo`lga kiritdilar katta tadbirkorlar. Texnik shartlarga rozimiz, agarda bajarmaydigan bo`lsak shartnoma bekor qilinishiga qarshilik yo`q deb imzo ham chekdilar ishbilarmon akalar.    Ha texnik shartlarni mensimay, o`zboshimchalik bilan faoliyat ko`rsatib kelayotgan erkatoy tadbirkorlarni faoliyatini ochiqlamoqchimiz. 

Bir so`z aytadigan bo`lsangiz yoki shartlar haqida eslatsangiz soliqlarni vaqtida to`lashi-yu, qaysidir akaga bu bekat tegishgli ekanini aytishadi.      Soat 8 da ish joyimizdan chiqib, Farg`ona shahridagi Aqlli bekatlar nechoqlik faoliyat ko`rsatayapti, shartnomadagi shartlarni qay darajada bajarayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rishni istadik. Dastlab, Farg`ona shahridagi nurxon bekati tomon bordik.  

Islom Karimov nomidagi san`at saroyining orqa tomonida joylashgan aqlli bekatga etib keldik. Bu erda yo`lovchilar uchun o`rindiqlar mavjud. Ammo, qani vay fay, qani e`lon uchun monitor, chiqindik qutisi, qishda istigich yozda sovutgich deb izlandik halos. Tadbirkorni raqamini izlab topdik. Aytishicha, ukasining to`yi bo`lgani uchun manzilda emaslar. Biroq, aytilgan texnik shartlarni hammasini amalga oshirganlar.    

Farg`ona shahar markazidagi bekatlarga nazar tashlaymiz. Tadbirkor Hasanboy Botirovga tegishli bo`lgan aqlliq bekatdagi xolatlarni ochiqlaymiz. Bu erdan vay faydan foydalanishingiz mumkin deyilgan, ammo mablag` to`lanmaganiga bir necha kun bo`libdi, xullas internet o`chiq. Chiqindi qutisi bor, ham mayli 3 dona bo`lsa ham yo`lovchilar uchun o`rindiqni ham o`rnatibdi. Biroq, qani qolgan imkoniyatlar? Savol bilan tadbirkorga yuzlanmoqchi edik. Bu erda ishchilari bor halos. Ishbilarmonni esa mobil raqami o`chiq. Ochig`i birozdan cho`ng tadbirkor bilan bog`lanish baxtiga muyassar bo`ldik. Uchrashmoqchi ham edik. Shundan keyin raqami mutloq o`chdi qoldi. Tamom!        

Aqlli bekatdagi aqlsizliklarga ham duch keldik. Mana bu tadbirkor bu erda faoliyat boshlaganiga ko`p bo`lmapti. Biroq, bu erda shartnomadagi birorta texnik shartlarga guvoh bo`lmadik.  

Shahar markazidagi diqqatga sazovor bo`lgan yana bir aqlli bekat Sirojiddi Kamolovga tegishlimish. Bu erga soat 10 dan 17 daqiqa o`tganda keldik. Ammo yo`lovchilar uchun ajratilgan manzil ham savdo do`koniga aylantirilibdi. Bir yonida sovg`a buyumlari yana bir joyida kiym rastalarga qo`yilgan. Yo`lovchvilar uchun o`rindiq bor. Ammo eshik berk bo`lsa qanday kirib o`tirishlari mumkin? Tadbirkorga qo`ng`iroq qildik. 2 sotadan ko`proq kutdik. Qaerdan bo`lsa ham nihoyat etib keldi.  

Tadbirkorni aytishicha, bu er yo`lovchilar uchun ochiq turadi. Ammo oradan bir soat o`tib manzildan o`tayotgan chog`imiz eshiklar avvalgidek berk edi. Ochig`i bu er ijaraga berilishi rejalashtirilmoqda. Hozir ana shunday inson ahtarilayapti.

Farg`ona shahar, Farobiy ko`chasidagi, Abdurashid Mamasiddiqovga tegishli bo`lgan aqlli bekatdamiz. Xolat ko`rib turganingizdek sifatsiz. O`rindiqlar bor. Ammo chiqindilar bilan to`libdi. Na chiqindi qutisi, na boshqa imkoniyatlarga ko`zimiz tushmadi. Tadbirkor esa eshikni qulflab ketgan. Ammo kadastr hujjatidan ortiqroq erni o`zlashtirib olgan. Bu jarayonlarga guvoh bo`lib turib ham ko`z yumib ketayotgan kadast va arxitektura rahbarlariga ochig`i bizni gaplarimiz kulgulik bo`lishi mumkin. Sababi ularga qo`ng`iroq qilib mavzuni yoritishimizda hamkorlikka chordik. Ammo hammasi muzdakkina xonani afzal deb bildi.  

Biz yana Nurxon bekati tomon qadam tashladik. Mabodi tadbdirkor kelgan bo`lsa nega saot 9 da ham yo`lovchilar uchun ajratilgan aqqli xonani qulflab qo`yganlari sababini bilmoqchi edik.

Lavhamizni ko`rgan ishbilarmonlar Prezidentimiz tadbikorlar uchun keng imoniyat yaratib bergan bir vaqtda jurnalist kelib bizni faoliyatimizga aralashayapti degan gapni aytib shikoyat qilishlari mumkin. Ammo mamlakat  Prezidenti har bir tadbirkor qonun doirasida faoliyat ko`rsatishi, qoidalarga amal qilishini ham alohida aytib o`tgan. Tartiblar esa farmon yoki qaror bilan o`zgaradi. Kimki hohlasa o`zgaravermaydi. Hammasini ko`rib turib nega ma`sullar nega ko`z yumib o`tib ketayaptilar bizga mana shu qiziq?    

Aqlli bekatlardagi aqlsizliklarni ko`rsatib bir nechta OAV vakillar muammoni ko`targandilar. O`shada ham ma`sullar tadbirkorlarni sudga beramiz, shartnomalarni bekor qilib manzillarni ma`suliyatli shaxslarga beramiz deb aytishgandi. Ammo tadbikorning yuki og`irroqmi yoki tanishlari bormi necha marotaba shu muammolarga duch kelsalarda hamon choralar ko`rnlarini eshitmadik yoki ko`rmadik. Balki, bu lavhamiz joyiga etib borar. Yana bilmadik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1