1

Nurafshonda Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga haykal o`rnatildi

Jamiyat 10.05.2024, 17:56
Nurafshonda Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga haykal o`rnatildi

Bugun Nurafshon shahri “Nurafshon Business City” hududida Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga o`rnatilgan "Matonat madhiyasi” majmuining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.  

Tadbirda respublika va viloyat faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Dastlab, viloyat hokimi Zoyir Mirzaev so`zga chiqib, barcha urush va mehnat faxriylarini, nuroniy otaxon va onaxonlarni, butun viloyat jamoatchiligini bugungi bayram – Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etdi.  

Viloyatdagi barcha tashkilot va boshqarmalar, 22 ta tuman-shahar hokimliklari tomonidan majmua poyiga gullar qo`ydi.  

Yodgorlik Ikkinchi jahon urushida besh o`g`lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va etim qolgan nabiralari xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan.

Aytish mumkin, Toshkent viloyatidan 200 mingdan ziyod mard yigitlarimiz frontga ketib, ulardan 40 mingga yaqini jang maydonlarida qurbon bo`ldilar.

Urush yillari evakuasiya qilingan 1 ming 300 nafar 10-15 yoshli bolalarni va 3 ming 500 nafar boshpanasiz kishilarni xalqimiz o`z xonadonlariga qabul qilganlar, 300 nafardan ziyod bolalar 9 ta kolxoz qoshida tashkil qilingan bolalar uylariga joylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1