AsosiyJamiyat

Qibrayda radar o`rnatish vaqtida muhandis tok urishi oqibatida vafot etdi

'Qibrayda radar o`rnatish vaqtida muhandis tok urishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Hodisa  1 may kuni taxminan soat 17:20 larda Qibray tumani Universitet va Salar ko`chalarining chorrahasida sodir bo`lgan.

Shu erdagi ustunga avtomobil radarini o`rnatish ishlariga jalb qilingan kompyuter tarmog`i muhandisi 1998 yilda tug`ilgan yigit 6,5 metr balandlikdagi elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog`iga tegib ketgan. Natijada, jarohat olib voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur baxtsiz hodisani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilgan.

    Boshqa yangiliklar