AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Damas” sudrab ketgan 1-sinf o`quvchisi halok bo`ldi

'Qashqadaryoda “Damas” sudrab ketgan 1-sinf o`quvchisi halok bo`ldi'ning rasmi

Shahrisabzda “Damas” urib yuborib, so`ng bir necha o`n metrga sudrab ketgan o`quvchi halok bo`ldi. Shu kunlarda videosi tarqalgan ushbu mudhish hodisa 2024 yil 19 aprel kuni sodir bo`lgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi K.M. “Damas” mashinasi bilan 4K-307 “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo`lida harakatlanib borib, Shahrisabz shahar Fusunkor ko`chasida piyodalar yo`lakchasidan o`tayotgan o`quvchini urib yuborgan.

Oqibatda o`quvchi og`ir tan jarohatlari olgan va shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar