Kecha, 10 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB ma`lum qildi.
Holat soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko`chasida yuz bergan. 20 yoshli haydovchi M.R. o`z boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`lni ajratib turuvchi temir panjaraga urilgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda yo`l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.






