AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari qaysi banklar ishlashi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda dam olish kunlari qaysi banklar ishlashi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda 11-12 may kunlari ayrim banklar aholiga qulaylik yaratish uchun ishlashni davom etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabar berilishicha, 2024 yil 11-12 may (dam olish) kunlari ayrim banklar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va pul o`tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo`lga qo`yilmoqda.

Bular:

  • Milliy bank
  • Hamkorbank
  • Tengebank
  • Sanoatqurilishbank
  • Garant bank
  • Infin bank
  • Ipoteka bank OTP group
  • Asia Alliance bank
  • Agrobank
  • Hayotbank

Shu bilan birga "24/7" rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida valyuta ayirboshlash imkoniyatlari ham yaratilgan.

    Boshqa yangiliklar