Bugun XXR Davlat kengashi Bosh vaziri o`rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegasiya to`rt kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keladi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.
"Tashrif dasturidan hamkorlik bo`yicha O`zbekiston–Xitoy hukumatlararo qo`mitasining 7-yig`ilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat ob`ektlari faoliyati bilan tanishish o`rin olgan», – deb yozdi O`zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o`zining telegram kanalida.
Eslatib o`tamiz, 61 yoshli Lyu Gochjun 2022 yil oktyabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo`mitasi Siyosiy byurosi a`zoligiga saylangan edi, 2023 yil 12 mart kuni esa u Butunxitoy xalq vakillari kengashi 1-sessiyasining 5-yalpi majlisida XXR Davlat kengashi Bosh vazirining o`rinbosari etib tasdiqlandi.






