AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 35 darajaga ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 35 darajaga ko`tariladi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27-32°, ba`zi joylarda 33-35° gacha bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar