AsosiyJamiyat

15 dan ortiq mamlakatdan IT ta`limi bo`yicha 150 nafar talaba O`zbekistonda yig`iladi

'15 dan ortiq mamlakatdan IT ta`limi bo`yicha 150 nafar talaba O`zbekistonda yig`iladi'ning rasmi

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokchilari uchun navbatdagi “Seeds for the Future” ta`lim loyihasi e`lon qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, loyiha avgust oyiga mo`ljallangan va mintaqadagi 15 dan ortiq mamlakatdan 150 nafar talabalarni birlashtiradi.

Kuni kecha bo`lib o`tgan “IT Star” tanlovida “Seeds for the Future 2023” ta`lim loyihasi ishtirokchisi, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekova ham taqdirlandi.

O`tgan yili mintaqaviy chempion va Tech4Good tanlovining kumush medali sovrindori bo`lgan Nodira loyihaning global ambassadorlaridan biri sifatida tanlandi.

“Seeds for the Future” AKT yosh iste`dodlari uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi. O`tgan yili dastur Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasining 15 mamlakatidan 175 nafar talabani Qatarga olib bordi, bu bizga innovasion texnologiyalarni o`rganish hamda boshqa mamlakatlardagi AKT hamjamiyatining a`zolari bilan aloqalarni o`rnatish imkonini berdi“ - deydi Nodira.

“Seeds for the Future 2024” ilg`or texnologiyalar va echimlarni o`rganish bo`yicha bir haftalik amaliyot bo`lib, sohaning etakchi mutaxassislari ishtiroki, shuningdek, har yili o`tkaziladigan Tech4Good tanlovi va boshqa bir qator tadbirlarni birlashtiradi.

“O`tgan yili o`zbekistonlik talabalar loyihada ishtirok etish chog`ida aql bovar qilmaydigan natijalarni ko`rsatdi, bu esa yoshlarda AKT texnologiyalariga qiziqish ortib borayotgani, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT-ta`limni rivojlantirish ekotizimining barcha ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhimligini tasdiqlaydi”, — deydi Huawei kompaniyasining O`zbekistondagi bosh direktori Chen Szyakay.

2008 yilda ishga tushirilgandan beri dastur 141 mamlakatdan 18 000 dan ortiq talabani qamrab oldi.

 

 

    Boshqa yangiliklar