AsosiyDunyo

Polshada yirik yong`in yuz berdi

'Polshada yirik yong`in yuz berdi'ning rasmi

Btom shahrida 13 mayga o`tar kechasi yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Ertalab soat ikkidan keyin mahalliy aholi portlash ovozidan uyg`ongan. Xususiy transport kompaniyasining yirik parki hududida avtobuslar yonayotgani ma`lum bo`ldi.

O`t o`chirish bo`limiga soat 02:20 da qo`ng`iroq kelib, o`n daqiqadan so`ng voqea joyiga qutqaruvchilar etib borgan. Yong`inni o`chirish ertalab soat 7:00 gacha davom etdi, jami 40 ga yaqin o`t o`chiruvchi jalb etildi.

Avtoparkdagi 60 ta avtobusdan 10 tasi yonib, yana bir qanchasi qisman shikastlangan. Odamlar orasida qurbonlar yo`q. Yong`in sabablari polisiya tomonidan aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar