Aprel oyida ikkilamchi uy-joy narxi 0,7 foizga biroz pasaygan bo`lsa-da, yillik ko`rsatkichlarda 11,6 foizga oshgan.
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining navbatdagi sharhida ma`lum qilindi.
Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o`sishi – Toshkent shahri (23,6 foiz), Buxoro (21,3 foiz) va Xorazm (20,5 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
“O`z navbatida, poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o`sishi tezlashdi. Mart oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o`rtacha narxi atigi 0,2 foizga oshgan bo`lsa, aprel oyida mos ravishda 1,1 foizga oshgan”, – deyiladi ITIM sharhida.
Narx o`sishining eng yuqori sur`atlari Bektemir (3,8 foiz), Yakkasaroy (3,6 foiz) va Chilonzor (3,1 foiz) tumanlarida qayd etilgan






