AsosiyDunyo

Xotinini urib o`ldirgan Qozog`istonning iqtisodiyot vaziri 24 yilga qamaldi

'Xotinini urib o`ldirgan Qozog`istonning iqtisodiyot vaziri 24 yilga qamaldi'ning rasmi

Qozog`istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbaev o`zining turmush o`rtog`i Saltanat Nukenovani o`ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar beradi respublika Oliy sudi.

“Bishimbaev jabrlanuvchi Nukenovaga nisbatan qiynoqlar qo`llashda, shuningdek, o`ta shafqatsizlik bilan qonunga xilof ravishda Nukenovaning o`limiga sabab bo`lganlikda aybdor deb topildi”, — deyiladi sud qarorida.

Bundan tashqari, sud Bishimbaevning amakivachchasi Baxtjan Bayjanovni sobiq vazir sodir etgan jinoyatni yashirgani uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Bishimbaevning xotini 2023 yil 9 noyabr kuni Ostonadagi restoranlardan birida o`lik holda topilgan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, eri uni sakkiz soatcha kaltaklagan, u boshidan jarohat olgani va ichki qon ketishidan vafot etgan. Marhumning otasi Saltanat Nukenova umrbod qamoq jazosini kutayotganini aytdi. Qozog`iston Ichki ishlar vazirligi qotillikni tasdiqladi, shuningdek, jinoyatda gumonlanuvchi qo`lga olinganini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar