O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, ba`zi joylarda 38-39° gacha bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.






