Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida jami 53 ta ob`ektda, shu jumladan, 14 ta energoblok, 28 ta qozon qurilmasi, 7 ta bug`-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi va 1 ta turbogeneratorda mukammal, o`rta va joriy ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. Bu haqda “O`zbekenergota`mir” AJ matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, ushbu jarayonda asosiy pudratchilardan biri sifatida “O`zbekenergota`mir” AJ ishtirok etmoqda.
Mavsumga tayyorgarlik joriy yilning fevral oyidan boshlangan bo`lib, bugungi kunga kelib 1 ta energoblok, 2 ta bug`-gaz qurilmasi 3 ta qozonagregatida ta`mirlash ishlari yakunlandi. Ayni kunlarda 1 ta bug`-gaz qurilmasi, 5 ta energoblok va14 ta qozon agregatlarida ta`mir ishlari amalga oshirilmoqda.
Rejalashtirilgan ta`mir ishlari to`liq amalga oshirilishi evaziga energoqurilmalarning mavjud quvvati 281 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 150 tonna-soatga oshirilishiga erishiladi.
Ayni paytgacha, Tolimarjon IES va To`raqo`rg`on IESda yirik bug`-gaz qurilmalari mavsumga shayholatga keltirildi. Bu erda “O`zbekenergota`mir” AJ mutaxassislari Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasi muhandislari bilan birgalikda isholib borishdi.
Issiqliq elektr stansiyalari tizimida an`naviy energobloklar ta`miriga ham alohida e`tibor qaratilmoqda, ular qish mavsumida kuzatiladigan sovuq ob-havo sharoitida elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta`minlashda muhim o`rin egallaydi. Jumladan, Toshkent IES misolida olib qaraydigan bo`lsak, kuni kecha korxonaning 12-sonli an`anaviy energoblokida ta`mirlash ishlari yakuniga etkazildi.
“O`zbekenergota`mir” AJ 200 ga yaqin mutaxassislari ishtirok etgan ushbu jarayonda energoblokning turbina va qozon qurilmalari, transformator va boshqa yordamchi uskunalarda ta`mirlash va sozlash ishlari bajarildi.
Natijada, energoblokning ishlab chiqarish quvvati120 MVt dan 155 MVt gacha oshirilgan bo`lsa, qozon agregatining bug` ishlab chiqarish ko`rsatkichi 448 tonna-soatdan 528 tonna-soatgacha oshirilishiga erishildi. Shuningdek qozonning foydali ishkoeffisienti 88,68 foizdan 90,44 foizgacha oshirilishiga erishildi. Bunda asosiy yoqilg`i hisoblangan tabiiy gaz sarfi 140 mln. kubmetrga iqtisod qilinishi ta`minlanadi.
Ta`mir ishlarini sifatli va o`z muddatida bajarishdan ko`zlangan maqsad – aholi, ijtimoiy soha ob`ektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlash.
Ta`kidlash lozimki, “O`zbekenergota`mir” AJ bugun elektr stansiyalari uchun yuqori darajali texnik ta`minot ko`rsatuvchi mutaxassislar tizimiga aylanib bo`ldi.






