Hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib qolindi. Bu haqda FVV xabar qildi.
2024 yilning 13 may kuni soat 16:58 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2 yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar etib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog`-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi






