AsosiyJamiyat

“O`zbekistonda yashayotgan barcha millat vakillari o`zbek tilini bilishi shart “

'“O`zbekistonda yashayotgan barcha millat vakillari o`zbek tilini bilishi shart “'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning mamlakatga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Volodin plenar majlisda Rossiyaga ishga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi, mamlakat an`analari va madaniyatini hurmat qilishi kerakligini ta`kidlagan.

So`zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O`zbekistonda yashayotgan ruslarni o`zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!

O`zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o`zbek tilini bilishlari shart.

Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bog`cha va boshlang`ich ta`limda boshqa millatli vatandoshlarga o`z ona tili va qadriyatlarini o`rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, o`zbek tili majburiy o`rganadigan til sifatida belgilanishi kerak.

Alisher Qodirov o`zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo`lmay qolishiga erishish zarurligini ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, joriy yil boshida rossiyalik shovinist tarixchi Mixail Smolin Rossiyaning NTV kanalida uyushtirilgan tok-shouda o`zbeklar, qozoqlar va ozarbayjonlar 1917 yilgacha mavjud bo`lmaganini iddao qilganidan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Ma`naviyat va ma`rifat markazining o`sha paytdagi rahbari Minhojiddin Mirzo aholini zaharli g`oyalardan saqlash uchun mamlakatdagi xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barcha radio-televidenie kanallari hamda ularning internetdagi saytlarini zudlik bilan cheklash masalasini ko`rib chiqishni taklif qilgandi. O`shanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham O`zbekistonda ta`lim va televidenieda rus tilidan foydalanishni qisqartirishni taklif qilgan edi.

O`zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo`lmay qolishiga erishishimiz kerak, — dedi bunga javoban Alisher Qodirov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar