Mahalliy aviaqatnovlar terminali — “Toshkent-3” terminaliga kirish yo`lagidagi qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etadigan kameralar 15 maydan ishga tushadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo`lagiga o`rnatilgan yo`l kameralarini O`zbekistonning yo`l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integrasiyalash ishlari yakunlanmoqda. Shunday qilib, 2024 yil 15 maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo`lagida ruxsat etilgan to`xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.
Terminalga qisqa muddatli kirish engil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo`lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.






