15 may kunidan boshlab Toshkent shahridagi barcha transport karta sotish shoxobchalari faoliyati to`xtatiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to`ldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa bo`limlarida amalga oshiriladi.
Shuningdek, respublikaning Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm, Namangan, Jizzax, Farg`ona viloyatlari va Qarshi, Termiz, Nukus shaharlaridagi pochta bo`limlarida ham shu xizmatlardan foydalanish mumkin.
“Toshshahartransxizmat” jamoat transportlarida elektron to`lovlardan qulayroq foydalanish uchun ATTO mobil ilovasi virtual karta ochish imkoni borligini, u transport kartaning barcha funksiyalarini bajarashini eslatgan.
Ma`lumot uchun, aprel oyida jamoat transporti orqali jami 32,3 mlndan ziyod tranzaksiya amalga oshirilgan bo`lib, shuning 13,8 mlni transport, 11,4 mlni esa bank kartalari hissasiga to`g`ri keladi.






