AsosiyJamiyat

Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi

'Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun  bilan ayrim qonun hujjatlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O`zbekiston hududiga olib kirish qo`shilgan qiymat solig`idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog`lomlashtirish oromgohlari  negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo`nalishdagi xizmatlarni ko`rsatishdan olgan foydasi 

2026 yil 1 yanvargachafoyda solig`idan ozod qilinadi.

 “Turizm to`g`risida”gi  Qonuniga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:

Kasaba uyushmalari tizimidagi  bolalar sog`lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.

 Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar