Saida Mirziyoeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi bilan uchrashdi. Bu haqida Saida Mirziyoeva xabar berdi.
Jonatan Xenik bilan mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama aloqalar, jumladan, inson huquqlari va so`z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi, shuningdek, ingliz tilini o`qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.






