AsosiyDunyo

Erdo`g`on davlat to`ntarishi ehtimoli tufayli tunda favqulodda yig`ilish o`tkazdi

'Erdo`g`on davlat to`ntarishi ehtimoli tufayli tunda favqulodda yig`ilish o`tkazdi'ning rasmi

Turkiya milliy partiyasi (MPR) rahbari Devlet Bahcheli davlat to`ntarishiga urinish ehtimoli haqida ogohlantirgach, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on razvedka va Adliya vazirligi rahbarlari bilan favqulodda yig`ilish o`tkazdi, deb yozdi Sabah.

Bir kun avval Anqara Bosh prokuraturasi poytaxt departamentining uch nafar polisiyachiga nisbatan Ayhan Bora Kaplan jinoiy tashkilotiga aloqadorligi yuzasidan tergov boshladi. Ularning uylari tintuv qilindi.

Erdo`g`anning ittifoqchisi Bahchelining aytishicha, fitna bo`lishi mumkin, bir necha polisiyachining ishdan olinishi hech narsani hal qilmaydi. Bahcheli, mamlakatda to`ntaruv tashabbusining takrorlanishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

2016 yilda Turkiyada davlat to`ntarishiga urinish bo`lib, bir necha soat ichida bostirildi. Mamlakat bo`ylab to`qnashuvlar natijasida 241 kishi halok bo`ldi, 2 mingdan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Turkiyada davlat to`ntarishini tashkillashtirish va unga aloqadorlikda gumonlanib 40 mingdan ortiq odam hibsga olindi. Mamlakatda bir necha oy davomida favqulodda holat joriy etildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar