Rishton tumanida 3,6 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MChJning mas`ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o`rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






