“Loroben” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarilishiga chek qo`yildi va sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan 60 mln jarima qo`llanildi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.
Vazirlikka 2024 yil 1-chorak bo`yicha kelib tushgan jami 35 mingdan ortiq murojaatlarning 76 foizi qonuniy hal etildi.
Fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan ta`sir choralari natijasida 538 mlrd. so`mdan ortiq pul mablag`i undirib berildi.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo`yicha 3 179 ta taqdimnoma kiritildi, 3 830 nafar shaxslar ma`muriy, 1 169 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 4,3 mln.dan ortiq xizmatlar ko`rsatilib, xizmat ko`rsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida o`rtacha xizmat ko`rsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda.
19 858 ta yuridik shaxs davlat ro`yxatidan o`tkazildi;
53 314 ta YaTT davlat ro`yxatidan o`tkazildi;
davlat xizmatlari markazlarida ko`rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 355 taga etkazildi.
Sudlarga 189 mlrd. so`mga yaqin 3 030 ta da`volar (arizalar) kiritilgan.






