AsosiyJamiyat

9 viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

'9 viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin'ning rasmi

16-22 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli O`zbekistonning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O`zgidromet” xabar berdi. 

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.

Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Ko`kdala, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
  • Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahri.

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rish so`ralgan. Respublika hududi bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar