AsosiyJamiyat

Bugun hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi

'Bugun hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol  7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda  vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda  kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar