Slovakiya Bosh vaziri Robert Fisoga suiqasd bo`ldi. Siyosatchi o`q jarohatlari bilan vertolyotda Banska-Bistritsadagi kasalxonaga olib ketilgan. Suiqasd natijasida og`ir yaralangan Robert Fiso muvaffaqiyatli operasiya qilindi, dedi Bosh vazir o`rinbosari Tomas Taraba.
“Operasiya, xayriyatki, muvaffaqiyatli o`tdi. O`ylaymanki, u oxir-oqibat omon qoladi. Hozirda uning hayotiga hech qanday tahdid yo`q”, dedi Taraba Unga ko`ra, Fiso jiddiy jarohat olgan. O`qlardan biri oshqozondan o`tdi.
Operasiya deyarli to`rt soat davom etgan. Shundan so`ng siyosatchi sun`iy komaga tushirilgan. U bu holatda taxminan 24 soat qoladi.
71 yoshli hujumchi suiqasdni siyosiy sabablarga ko`ra sodir etganini tan oldi. Turli manbalarga ko`ra, erkak bosh vazirni taxminan besh marta otgan. Hozir u hibsga olingan.






