Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, bekor qilindi:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 19 ta holatda jami 8,1 mlrd so`mlik quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, bekor qilindi:
— Farg`ona tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligidagi 923,2 mln so`mlik;
— G`ijduvon tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi buyurtmachiligidagi 878,1 mln so`mlik;
— Urganch tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 632,4 mln so`mlik;
— Qarshi irrigasiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik lisey buyurtmachiligidagi 396,9 mln so`mlik;
— Buvayda tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 396,0 mln so`mlik;
— Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi buyurtmachiligidagi 306,0 mln so`mlik;
— Surxondaryo viloyat fiziatriya klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 205,0 mln so`mlik;
— O`zbekiston mahallalari uyushmasining Qumqo`rg`on tumani bo`limi buyurtmachiligidagi 182,8 mln so`mlik;
— Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali buyurtmachiligidagi 177,5 mln so`mlik;
— Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti buyurtmachiligidagi 175,0 mln so`mlik;
— Xiva shahridagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan sinflari mavjud umumiy o`rta ta`lim maktab-internati buyurtmachiligidagi 169,0 mln so`mlik;
— Konimex tuman madaniyat va turizm bo`limi buyurtmachiligidagi 140,0 mln so`mlik;
— Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi huzuridagi kompetensiyani rivojlantirish instituti buyurtmachiligidagi 120,0 mln so`mlik;
— Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 108,2 mln so`mlik;
— Yoshlar ishlari agentligining Sharof Rashidov tumani bo`limi buyurtmachiligidagi 100,5 mln so`mlik;
— Farg`ona shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 89,3 mln so`mlik;
— Konimex tumani madaniyat bo`limi-tuman madaniyat va aholi dam olish markazi buyurtmachiligidagi 71,0 mln so`mlik davlat xaridlarida manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilgan.
Shuningdek:
— “Mikrokreditbank” Surxondaryo viloyat filiali buyurtmachiligidagi 1,84 mlrd so`mlik;
— Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachiligidagi 1,2 mlrd so`mlik davlat xaridlarida o`zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan mazkur davlat xaridlari bo`yicha xarid komissiyasining g`olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi.
Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.