AsosiyJamiyat

Farg`ona va Surxondaryoda bola o`g`rilari paydo bo`lgani rostmi?

'Farg`ona va Surxondaryoda bola o`g`rilari paydo bo`lgani rostmi?'ning rasmi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati hududida bola o`g`rilari aniqlangani to`g`risidagi turli xabarlar tarqalmoqda. Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur xabarlar viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, o`rganish ishlari olib borilgan. Natijada, ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligi ma`lum bo`lgan.. Aytishlaricha, Farg`onada yosh bolani mashinaning orqasiga solib olib ketmoqchi bo`libdi mazmunidagi xabar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilamiz.

Aniqlanishicha, 2024 yilning 14 may kuni Qo`qon shahar Obodyurt ko`chasida yashovchi voyaga etmagan M.M. ushbu mahallada turar joyga ega bo`lgan qo`shnisi M.A.ga tegishli uyning devor va oynasiga tosh otib sindirgan. Buni ko`rgan M.A. voyaga etmagan shaxsni qo`rqitib qo`yish maqsadida o`ziga tegishli bo`lgan Nexia-2'ning yukxonasiga solib, avtomashinani harakatlantirgan. Shu paytda M.M.ning onasi V.T. ko`chaga chiqib, mashinani to`xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o`rtada o`zaro janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborish chorasi ko`rilgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida ham tojikistonlik bola o`g`rilarini ushlashgani haqida ham xabarlar tarqalgandi. Viloyat IIB mazkur xabar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligini ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo`rg`on tumani IIB xodimlari tomonidan o`rganilganda, ushbu shaxslar Moldova Respublikasi fuqarolari bo`lib, xo`jalik buyumlarini sotib yurganliklarini ma`lum qilgan hamda tuman fuqarolari o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqqanligi ma`lum bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar