AsosiyJamiyat

"Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz"

'"Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz"'ning rasmi

Samarqandda «Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi rasmiy sammiti o`tkaziladi

Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva ma`lum qildi:
 

«Kecha O`zbekiston Respublikasi bilan Evropa Ittifoqi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi. Aloqalarimiz yildan-yilga jadal tus olib, turli sohalarda rivojlanib bormoqda.

Ta`kidlash joizki, Evropa Ittifoqi O`zbekistonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarini samarali qo`llab-quvvatlamoqda.

Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Samarqand shahrida «Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi rasmiy sammiti bo`lib o`tadi. Ushbu tadbir do`stona aloqalarimizning yangi sahifasini ochishi shubhasiz».

    Boshqa yangiliklar