O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.
Poytaxtda kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo`ladi






