AsosiyJamiyat

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

'Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 may kuni  soat 21:00 larda Mirzo Ulug`bek tumani Yuzrobod ko`chasi 4-uy qarshisida 1989 yilda tug`ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan. Bu haqda IIBB YEXB xabar qildi.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar