Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlanib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipi ta`minlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.
Ma`lum qilinigishicha, IIBB tomonidan qo`zg`atilib tergov qilingan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga ko`ra,
1. Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudining 15 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug`ilgan Muxamedjanov Azlarxon Botirovich O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2. Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumani sudining 6 may kunidagi hukmiga ko`ra, 1993 yilda tug`ilgan Xolmuradov Sunnatulla Charievich O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan aybli deb topilib, etti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
3. Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudining 8 may kunidagi hukmiga ko`ra, 1993 yilda tug`ilgan O`rinov Umidjon Baxtiyor o`g`li O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari, 223-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, olti yil o`n bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.






