Koreya davlatiga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Uchtepa tuman bo`limi va DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro B.K.ning ishonchiga kirib, uni 7 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini va`da qilib, oldindan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






