AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

21 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Rossiya etakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo`lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini ko`paytirish, etakchi korxonalarning kooperasiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar o`rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar