AsosiyJamiyat

Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati hududlarida yomg`ir yog`adi

'Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol  7-12 m/s tezlikda esadi, cho`l hududlarda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29° , janubda 32-34° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar