Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasi Madridni Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog`laydi. Madrid-Toshkent yo`nalishi bo`yicha birinchi yo`lovchi reysi 2024-yil 23-mayga belgilangan.
Toshkent – Madrid – Toshkent va Urganch - Madrid - Urganch yo`nalishi bo`yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yilning sentyabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.
"World2Fly" — 2020-yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan ispan aviakompaniyasi.






