O`zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlat ma`lum qilindi. Ushbu ro`yxatda birinchi o`rinni Xitoy egallagan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2024 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo`lgan hamkor davlatlar ro`yxatini e`lon qildi.
Ushbu ko`rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko`rinishga ega:
- Xitoy – 3,9 mlrd;
- Rossiya – 3,8 mlrd;
- Qozog`iston – 1,2 mlrd;
- Turkiya – 920,2 mln;
- Koreya – 695 mln;
- Fransiya – 386,4 mln;
- Germaniya – 345 mln;
- Afg`oniston – 308,6 mln;
- Turkmaniston – 288,5 mln;
- Hindiston – 270,3 mln.






