AsosiyJamiyat

O`zbekistonga turkman haydovchilari kiritilmayapti

'O`zbekistonga turkman haydovchilari kiritilmayapti'ning rasmi

Turkmaniston-O`zbekiston chegarasida Turkmaniston fuqarosi bo`lgan haydovchilar chegarani kesib o`tish uchun zarur bo`lgan viza berilmayapti. 

Ma`lum qilinishicha, aprel oyining o`rtalarida turkmanistonlik haydovchilarga viza bermaslik haqidagi shikoyatlar paydo bo`la boshlagan. O`shanda cheklovlar Turkmanistonning O`zbekiston bilan chegarasidagi “Farap” avtomobil o`tkazish punkti hududida yuzlab yuk mashinalarining turnaqator navbatlarini keltirib chiqargan.

Aprel oyining o`rtalarida viza bermaslik haqidagi shikoyatlar paydo bo`la boshladi. Cheklovlar Turkmanistonning O`zbekiston bilan chegarasidagi "Farap" avtomobil o`tkazish punkti hududida yuzlab yuk mashinalarining navbatlarini keltirib chiqargan.

LogiStan  tahririyati chegaradagi mavjud vaziyatga oydinlik kiritishicha, O`zbekiston hali ham turkman haydovchilariga viza bermaslikda davom etmoqda. Qayd etilishicha, Ashxobod va Toshkent muzokaralar olib bormoqda, ammo ayni damda diplomatlar kelishuvga erisha olishmagan. Ta`qiq faqat Turkmaniston fuqaroligiga ega haydovchilarga amal qilmoqda. Boshqa mamlakatlarning tashuvchilari esa odatdagidek vizalar olmoqda. 

O`zbekiston rasmiylari turkman va o`zbek aviatashuvchilari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda shartlar nomutanosibligidan norozilik bildirishgan. 

Nashrning qayd etishicha, Turkmanistondagi o`zbek haydovchilaridan o`rtacha 700-900 dollar, O`zbekistondagi turkman haydovchilaridan esa 200 dollar undiriladi. Turkman sug`urtasini rasmiylashtirish — 100 dollar, O`zbekiston sug`urtasi esa 15 dollar. Turkmanistonda yangi CMR blankasini to`ldirish 200 dollar, marshrut xaritasi — 200 dollar, GPS qurilmasi — 20 dollar va hokazo. O`zbekistonda bunday to`lovlar olinmaydi.

Turkmanistonda o`zbekistonlik haydovchilar uchun tartib-taomillarni soddalashtirish masalasi 2024 yil aprel oyi o`rtalarida bo`lib o`tadigan muzokaralar natijasida hal etilishi rejalashtirilgan edi. Mavzu ko`p yillar davomida muhokama qilinmoqda. Hujjatlar tayyor bo`lib, imzolashga kelganida Turkmaniston delegasiyasi buni rad etgan.

    Boshqa yangiliklar