AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 5,7 mln kishi muzeylarga borgan

'O`zbekistonda 5,7 mln kishi muzeylarga borgan'ning rasmi

Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Muzeylarga 2023 yil davomida 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.

Mamlakatimizdagi eng ko`p tashrif buyuruvchilarga ega bo`lgan top 5 ta muzeylar:

Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;

Shuningdek, Samarqand davlat muzey qo`riqxonasi – 1 006,6 ming kishi;

G`alaba bog`i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;

Xiva Ichan-qal`a davlat muzey qo`riqxonasi – 448,4 ming kishi;

Buxoro davlat muzey qo`riqxonasi – 390,3 ming kishi.

    Boshqa yangiliklar