Ijtimoiy tarmoqlarda qurilish ishlari ketayotgan sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar kesilib, olib ketilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi mutaxassislari voqea joyida o`rganish o`tkazishdi.
Vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasi ma`lum qilishicha, 26 ta eman daraxti kesilmasdan boshqa hududga ko`chirib o`tqazilayotgan ekan.
“Daraxtlarni ko`chirishda barcha agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda, daraxtlar yashab ketishi uchun zarur o`g`itlar, ozuqa moddalari bilan ta`minlanmoqda. Boshqa hududga ko`chirilgan daraxtlar to`liq yashab ketadi va buning uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib boriladi”, — dedi mutaxassis.
Mutaxassisga ko`ra, ko`chirilgan daraxtlar yashab ketishi uchun 3 yil davomida nazoratga olinar ekan.






