AsosiyJamiyat

Prezident Qarori bilan tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar berilmoqda

'Prezident Qarori bilan tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar berilmoqda'ning rasmi

“Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-181-son, 20.05.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra, Sharof Rashidov tumanida, shuningdek Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.

Sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga to`g`ridan-to`g`ri 7 yilgacha muddatga bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi.

Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 million AQSh dollaridan ortiq bo`lmagan qismi bo`yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko`p bo`lmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensasiya qilib beriladi.

Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming AQSh dollarigacha qismi qoplab beriladi.

Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig`i, er solig`i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.


 

    Boshqa yangiliklar